Oʻsimlik bitlari
Oʻsimlik bitlari, shiralar – tengqanotli xartumli hashortlar kenja turkumi. Mingga yaqin turi maʼlum. Tana uzunligi 0,5—6,0 mm, tuxumsimon yoki oval shaklda, rangi och yashildan qoʻngirgacha. Boshi kam harakat, sanchib soʻruvchi ogʻiz apparati xartum koʻrinishida boʻlib, boshining orqa qismidan boshlangan boʻgʻimlardan tashkil topgan. Moʻylovlari 3—6 boʻgʻimli. Koʻpincha qanotsiz. Toʻp-toʻp boʻlib yashaydi. Qanotlilari bir oʻsimlikdan boshqasiga koʻchib oʻtadi. Oʻsimlik bitlarining rivojlanish sikli: odatda, tuxum holida ikki yoki koʻp yillik oʻsimliklarda qishlaydi; bahorda tuxumdan qanotsiz urgʻochi – asoschi vujudga kelib, 50—70 lichinka tugʻadi, bular tez orada rivojlanib voyaga yetadi; ikkinchi va navbatdagi keyingi avlodining voyaga yetgan individlari ham qanotsiz (partenogenetik, tirik tugʻib koʻpayadi va qanotsiz qiz avlodni vujudga keltiradi). Rivojlanish sikli urugʻlangan tuxum qoʻyish bilan tugallanadi (mas, dukkaklilar va lavlagi Oʻ.6.). Oʻsimlik bitlarilarining rivojlanish davri havo haroratiga bogʻliq holda 3—20 kun. Mavsumda 2026 avlod beradi. Urgʻochisi yoz oyida 14 kungacha yashaydi. Qanotli urgʻochilar kuniga 1—2 lichinka, qanotsizlari esa 5—10 lichinka tugadi. Ozgina yogʻingarchilik shiralarning rivojlanishiga yaxshi sharoit yaratadi; yirik tomchili, surunkasiga yoqqan shiddatli yomgʻirlar ochiq yashovchi shiralarni yuvib, nobud qiladi. Oʻsimlik bitlari bargnovdadagi shirani soʻradi. Natijada oʻsimlik poyasi va ildizidagi uglevodlar zaxirasi keskin kamayadi. Bu esa barglarning buralishi, novdalarning qingʻirqiyshiq oʻsishi, toʻqimalarning kasallanib shish, bujgʻun va boshqalar har xil oʻsimtalar hosil qilishiga sabab boʻladi. Zararlangan oʻsimliklarning hosildorligi 15—20% ga kamayib ketadi. Bundan tashqari, Oʻsimlik bitlari kasal oʻsimlik shirasini soʻrish bilan birga xavfli kasalliklarni tarqatadi ham.
Oʻsimlik bitlarida mayda yaydoqchilarning koʻpgina turlari, jumladan, afelinuslar, shuningdek, vizildoq pashshalar, toʻrqanotlilar lichinkasi, koʻpgina koksinellidlar parazitlik qiladi.
Kurash choralari: birlamchi xoʻjayinoʻsimlik bilan ikkilamchisini bir-biriga yaqin ekmaslik; hasharotlar shikastlashiga chidamli navlarni yetishtirish; hasharotlarning tabiiy kushandalari entomofaglar (mas, oltinkoʻz)dan foydalanish, oʻsimliklarga kimyoviy vositalar – fosfororganik preparatlar purkash.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nevskiy V. P., Tli Sredney Azii, T., 1929; D avl yetshi na A. G., Tli roda ArN15 . faunm Uzbekistana, T., 1964; Muxamadiyev A. A., Tli Ferganskoy dolinn, T" 1979.
Sulton Alimuhamedov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |